AsosiyJamiyat

AOKA rahbari Turkiya va ozarbayjonlik mutasaddilar bilan uchrashdi

'AOKA rahbari Turkiya va ozarbayjonlik mutasaddilar bilan uchrashdi'ning rasmi

Ayni kunlarda Istanbulda Turkiy davlatlar tashkilotiga a`zo mamlakatlarning OAV va axborot sohasiga mas`ul idoralari rahbarlarining to`rtinchi yig`ilishi bo`lib o`tmoqda. Sal avval AOKA direktori Asadjon Xo`jaev Turkiya respublikasining Istanbul shahrida Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashiga a`zo va kuzatuvchi mamlakatlarning ommaviy axborot vositalari rahbar xodimlarining 4 -yig`ilishida nutq so`zlaganini ma`lum qilgandik

Turkiyaga tashrif doirasida AOKA rahbari A.Xodjaev  Turkiya radio va televidenie oliy kengashi raisi Abubakr Shaxin bilan uchrashdi. Bu haqda agentlik xabar bermoqda. Qayd etiliishcha, soha mas`ullari yig`ilishda muhokama qilingan masalalar ijrosini samarali tashkil etish hamda amaliyotga joriy qilish borasida fikr almashishgan. 

Shundan so`ng, Agentlik direktori Ozarbayjon Prezidenti yordamchisi Hikmat Hojiev bilan ham uchrashuv o`tkazgani aytiladi.

"Uchrashuvda mamlakatlar o`rtasida axborot va ommaviy kommunikasiyalar sohasida istiqbolli aloqalarni mustahkamlash masalasi haqida suhbatlashishdi. Xususan, so`z va matbuot erkinligi borasidagi islohotlar, axborot siyosatini yuritish, xolis va dalillarga asoslangan xabar etkazishda axborot xizmatlarining o`rni, ahamiyati to`g`risida alohida to`xtalishdi",-deyiladi xabarda. 

Shuningdek, OAV  va media sohasini rivojlantirishda o`zaro hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida "Yo`l xaritasi" ishlab chiqish, axborot olish va etkazish borasida tajriba almashish bo`yicha kelishib olingani aytiladi.

    Boshqa yangiliklar