Mazkur tartib 2022 yil 1 sentyabrdan kuchga kiradi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 11 maydagi "Xalq ta`limini rivojlantirishga oid qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risidagi" Qaroriga asosan 2022 yilning 1 sentyabridan boshlab xalq ta`limi tizimidagi muassasa va tashkilotlar rahbarlariga byudjetdan tashqari mablag`larni mustaqil tasarruf etish huquqi berilmoqda.
Mazkur qaror qabul qilingunga qadar xalq ta`limi tizimidagi muassasa va tashkilotlarning byudjetdan tashqari mablag`lari hisobidan amalga oshiriladigan ish haqi va unga tenglashtirilgan to`lovlar uchun ijtimoiy soliq stavkasi 25 foiz miqdorida to`lab kelingan bo`lib, yangi tartib bo`yicha ushbu miqdor 1 foiz etib belgilandi.
Qarorga asosan, qo`shimcha xizmat ko`rsatishdan tushgan byudjetdan tashqari mablag`larni yashirgan, shuningdek, xodimlarga norasmiy ish haqi to`lagan xalq ta`limi tizimidagi muassasa va tashkilotlarning rahbarlari qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.






