Tojikiston Respublikasi Hukumati huzuridagi Turizmni rivojlantirish qo`mitasi tomonidan joriy yilning 5-7 may sanalarida Xo`jand va Panjikent shaharlarida tashkil etilayotgan infoturda O`zbekistonlik 30 ta turoperatorlardan iborat delegasiyasi qatnashdi. Bu haqda Turizm va madaniy meros vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Amalga oshirilgan infoturdan asosiy maqsad ikki tomonlama hamkorlik aloqalarni o`rnatish, yangi turoperatorlarni turizm bozoriga kirib kelishda yangi yo`nalishlarni ochish etib belgilangan edi. Shu munosabat bilan, delegasiyaga yangi va Markaziy Osiyo davlatlari bilan ishlashni rejalashtirgan salohiyatli turoperatorlar jalb etildi.
Forumda Tojikiston Respublikasi Hukumati huzuridagi Turizmni rivojlantirish qo`mitasi raisining birinchi o`rinbosari Amirbekzoda Xabibullo, Sug`d viloyati hokimligi raisi o`rinbosari Anvar Yakubiy, O`zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi bosh mutaxassislari Sultonov Sherzod, Ikramov Akbar, uyushmalar, tojik va o`zbek turoperatorlari, mehmonxonalar, sanatoriylar va shifoxonalar rahbarlari ishtirok etdi.
Tashrif davomida Xo`jand va Panjikent shaharlaridagi eng nufuzli mehmonxona va sanatoriylarning imkoniyatlari o`rganish rejalashtirildi. Tashrif davomida rejaga kiritilgan dasturdan chiqmagan holda turoperatorlarimiz tomonidan jami 15 taga yaqin mehmonxona va sanatoriylarning sharoitlari va imkoniyatlarini shaxsan tashrif buyurildi.
Tarixiy obektlar va diqqatga sazovor joylar to`g`risida atroflicha ma`lumot olish maqsadida gid-tarjimon axborotlar olindi. Mazkur obektlarga turlar uyushtiruvchi turoperator bilan o`zaro ma`lumotlar almashildi.
Tomonlar o`zaro manfaatli aloqalarni yanada kengaytirish maqsadida turizm sohasida mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildilar. Ikkala mamlakat sayyohlik kompaniyalari vakillari ham pandemiyadan keyingi davrda sayyohlik xizmatlari narxlarining mavjudligi haqida fikr almashdilar. Shu bilan birgalikda, turistik obektlarga tashrif va konferensiya vaqtida B2B uchrashuvlar ikki tomon uchun tashkil etildi. Natijada, O`zbekistonlik va Tojik turoperatorlari bilan 40 dan ortiq o`zaro hamkorlik aloqalarini o`rnatish to`g`risidagi memorandumlar imzolandi.
Mamlakatimizdagi turoperatorlarga Tojikiston Respublikasidagi Sarazm yodgorligi, Sug`d viloyati Sug`d Tarix muzeyi katta qiziqish uyg`otdi. Markaziy Osiyo xalqlarining tarixi, urf odatlarini o`zida mujassam etgan, eksponatlarga boy mazkur muzeylar turoperatorlar tomonidan tur yo`nalishga yangi yo`nalish sifatida kiritish uchun ma`lumotlar olindi.
Shuningdek, infotur davomida Tojikiston Respublikasidagi qishloqlarda to`xtab o`tilib mamlakatning gastronomik imkoniyatlari turoperatorlar tomonidan o`rganildi.
Infotur yakunida turoperatorlar tomonidan bo`lib o`tgan suhbatda Tojikiston Respublikasiga sog`lamlashtiruvchi turizm yo`nalishida turistlar jo`natilishi, mamlakatimizga esa tibbiyot turizmi yo`nalishi bo`yicha turistlar olib kelish rejalashtirib, bo`lajak hamkorlar bilan aloqalar infotur davomida o`rnatilingani aytildi.