2021 yil yakunlariga ko`ra, Global ma`lumotlar barometri reytingi (The Global Data Barometer - GDB) e`lon qilindi.
Mazkur reytingda 100 dan ortiq mamlakatlar qatnashgan.
O`zbekiston Respublikasi reytingda 32 ball to`plab, 58-o`rinni egalladi.
Global ma`lumotlar barometrining asosiy modullarida:
— O`zbekiston "Ochiq ma`lumotlar tashabbusi"ni o`z ichiga olgan "Imkoniyatlar" modulida 80 ball to`plab, 8-o`rinni egalladi.
— Mamlakatda ochiq ma`lumotlar siyosatini o`z ichiga olgan "Boshqaruv" modulida O`zbekiston 52 ball to`plab, 19-o`rinni egalladi.
Global ma`lumotlar barometri reytingida:
1-o`rin — AQSh 68 ball
2-o`rin — Fransiya 66 ball
3-o`rin — Buyuk Britaniya 65 ball






