1

Qarshida tadbirkorning 5 000 AQSh dollarini qo`lga kiritgan shirkat rahbari va uning nazoratchisi qo`lga olindi

Jinoyat 16.05.2022, 18:35
Qarshida tadbirkorning  5 000 AQSh dollarini qo`lga kiritgan shirkat rahbari va uning nazoratchisi qo`lga olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qarshi shahar bo`limi tomonidan DXX va IIVning viloyat boshqarmalari bilan  tezkor tadbir o`tkazildi.

Unda, “P.K.” MChJ shirkati rahbari J.R. shirkat hududidagi 11 ta ko`p qavatli uylarga kommunal xizmat ko`rsatish huquqini “Ya.O.” MChJga o`tkazib berishni 5 000 AQSh dollariga kelishib, shundan 4 500 AQSh dollarini nazoratchisi M.A. orqali olib, M.A. ushbu 4 500 AQSh dollarlarini noqonuniy valyuta savdosi bilan shug`ullanuvchi I.R.dan 50,1 mln so`mga ayirboshlab olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining  168-moddasi (firibgarlik) va 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o`tkazish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1