AsosiyJamiyat

Murodjon Azimov Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyat kengashiga deputat etib saylandi

'Murodjon Azimov Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyat kengashiga deputat etib saylandi'ning rasmi

15 may kuni bo`lib o`tgan saylovda 53-Qutchi saylov okrugidan nomzod Azimov Murotjon Berdialievich Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashiga deputat etib saylandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Bu haqida Qashqadaryo viloyat saylov komissiyasining joriy yil 16-may kuni qabul qilingan "Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashiga deputatlarni ro`yxatga olish to`g`risida"gi qarorida ma`lum qilindi.

Azimov Murotjon Berdialievich 1976-yil Kitob tumanida tug`ilgan. O`zbekiston Liberal demokratik partiyasi a`zosi. Ayni paytda Qashqadaryo viloyati hokimi lavozimida faoliyat yuritmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar