AsosiyJamiyat

Ijtimoiy tarmoqlarda muhokamaga sabab bo`lgan Namangan viloyatidagi bog`cha bo`yicha munosabat bildirildi

'Ijtimoiy tarmoqlarda muhokamaga sabab bo`lgan Namangan viloyatidagi bog`cha bo`yicha munosabat bildirildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyati Pop tumanida joylashgan 13-sonli davlat maktabgacha ta`lim tashkilotida tarbiyachi ikki nafar bolani bitta joyga yotqizib, o`rniga o`zi telefon o`ynab yotgani aks etgan videolar tarqaldi. 

Holat yuzasidan Maktabgacha ta`lim vazirligi quyidagilarni ma`lum qiladi. 

Ma`lum bo`lishicha, video yuzasidan 22 iyun kuni viloyat Maktabgacha ta`lim boshqarmasi Axborot xizmati jurnalist surishtiruvi o`tkazgan. Surishtiruv chog`ida ijtimoiy tarmoqda yoritilgan vidiolavha 13-MTT hamshirasi Nigora Mamajonova tomonidan joriy yilning 15 aprel kuni yashirin tarzda, g`ayirli maqsadda yozib olinganligi aniqlandi. 

"Bu haqda videohavola tasvirida ko`ringan tarbiyachi Nazokat Parpieva o`z tushuntirishlarida bayon qilib o`tdi. Unga ko`ra, Nigora Mamajonova xonaga juda ohistalik bilan kirib kelgan va ayni o`sha paytda tarbiyalanuvchi dam olishi uchun ajratilgan o`rinlarning birida yotgan yordamchi tarbiyachi Dilnoza Hiloliddinovaning xatti-harakatlarini yashirin tasvirga tushirgan.

Surishtiruvlarda ma`lum bo`lishicha, bu shaxsning muqaddam mazkur tashkilotda yordamchi tarbiyachi bo`lib ishlaganligi, ammo, hozirda tumandagi Pedagogika kolleji talabasi bo`lganligi bois, joriy yilning 1 mart kunidan ishdan chetlatilganligi ma`lum bo`ldi", - deyiladi xabarda. 

Hozirda tashkilot uchun begona sanaluvchi Dilnoza Hiloliddinova voqea kuni 13-sonli MTT direktori Noila Jo`raeva tomonidan haqiqatdan ham Sanitariya meyorlari va qoidalariga zid ravishda 1 kunga o`rindoshlik asosida ishga ruhsat berilgan. Tashkilot direktorining bu hatti-harakati uchun tegishli mutaxassislar tomonidan Boshqarma boshlig`i nomiga tushuntirish xati olindi va intizomiy chora qo`llandi. Ayni paytda uning faoliyatida yo`l qo`yilgan xato va kamchiliklarning bartaraf etish choralari ko`rildi.

O`rganish davomida tashkilotda 7 ta kuni uzaytirilgan, 4 ta qisqa muddatli guruxlar mavjudligi, ularda jami 220 nafar 3-7yoshli bola tarbiyalanayotganligi, mazkur guruhlar uchun Sanitariya meyorlari va qoidalari asosida joy ajratilganligi, kiyinish, ovqatlanish va dam olish joylari alohidaligi aniqlandi. Xususan, tashkilotda tashkil etilgan 4 ta qisqa muddatli guruh uchun 2 ta xona ajratilgan. Mazkur xonalarda ikki smenada ish tashkil etilganligi kuzatildi.

Xabarda aytilishicha, N.M bilan uchrashish, u bilan suhbatlashishning imkoni bo`lmadi. Chunki u, bir necha kundan buyon sababsiz ravishda ishga kelmayotganligi, uni ishga jalb etish uchun yashash manziliga bir necha marta chaqiruv nomalari jo`natilganligi aytildi.

Pop tuman IIB profilaktika noziri, Ilyos Mehmonovga ko`ra, Nigora Mamajonova ustidan IIBga kiritilgan shikoyat maxmunidagi murojaat tergovga qadar surishtiruvda ko`rib chiqilayotganligi aytildi.

    Boshqa yangiliklar