AsosiyJamiyat

Qashqadaryolik erkak ayoli va o`g`lini 3 aka-ukasi bilan kaltakladi

'Qashqadaryolik erkak ayoli va o`g`lini 3 aka-ukasi bilan kaltakladi'ning rasmi

Viloyat Ichki ishlar bo`limi bunga munosabat bildirdi.

Qayd etiliishcha, hodisa 2022 yil 2 aprel kuni Qamashi tumanida yuz bergan.  Shu hududda yashovchi o`y bekasi Z.X.  soat 08:00larda yashash uyida o`tirgan vaqtida turmush o`rtog`i X.Xa. hamda uning aka-ukalari X.X., X.Fa., X.F.lar kelib, o`zaro janjallashib qolib Z.X. va o`g`li Sh.P.ga tan jarohati etkazgan.

Holat yuzasidan zo`ravonlik sodir etganlarga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 105-moddasi 2-qismi “g,i,m” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, jabrlanuvchining turmush o`rtog`i X.Xa.ga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llanilgani aytiladi.

"Hozirda mazkur holat yuzasidan Qamashi tumani IIB Tergov bo`limi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda",-deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar