Kuni kecha yakunlangan 56 Mendeleev xalqaro olimpiadasida O`zbekiston umumjamoa hisobida ikkinchi o`rinni egalladi.
Ma`lumotga ko`ra, MMO-56 musobaqasida 16 mamlakatdan 100 ga yaqin maktab o`quvchilari ishtirok etdi. Ular 28 ta bronza, 18 ta kumush va 9 ta oltin medal uchun kurash olib borishdi. Mendeleev xalqaro olimpiadasi yakunlari bo`yicha Prezident ta`lim muassasalari agentligi matbuot xizmati xabar berdi xabar berdi.
Quyida umumjamoa hisobida etakchilar bilan tanishing:
- Rossiya - 5ta oltin 4ta kumush va 1ta bronza;
- O`zbekiston - 1ta oltin, 4 tasi kumush va 5 ta bronza;
- Belarus - 1ta oltin, 3ta kumush.
Qayd etilishicha, Xalqaro Mendeleev kimyo olimpiadasining mutlaq g`olibi sifatida moskvalik Ignatiy Tarabrin maktab o`quvchilari e`tirof etildi. Ular 2 million rubl miqdoridagi akademik Valeriy Lunin mukofotiga sazovor bo`lishgan.






