AsosiyDunyo

Fransiyada ilk bor ayol kishi bosh vazir bo`ldi

'Fransiyada ilk bor ayol kishi bosh vazir bo`ldi'ning rasmi

Shu paytgacha Mehnat vazirligini boshqarib kelgan Elizabet Born Fransiyaning yangi bosh vaziri bo`ldi. Bu haqda "Zamon" nashri yozmoqda

Ma`lum qilinishicha, respublika prezidenti Emmanuel Makron Elizabet Bornni bosh vazir etib tayinladi va unga yangi hukumatni shakllantirishni topshirdi.

Born 2020 yil iyulidan beri Vazirlar Mahkamasini boshqargan va Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan uchrashuv chog`ida iste`foga chiqqan Jan Kasteksning o`rnini egalladi. Born Fransiya tarixida bosh vazir etib tayinlangan ikkinchi ayol bo`ldi.

Uning muhim vazifasi ikki bosqichda – 12 va 19 iyun kunlari bo`lib o`tadigan parlament saylovlariga tayyorgarlik ko`rishdan iborat bo`ladi.

Fransuz siyosatshunoslarining ta`kidlashicha, Born eng tajribali vazirlardan biri.

    Boshqa yangiliklar