AsosiyJamiyat

Birja samarali ishlamasa, bozor munosabatlari ham bo`lmaydi – Prezident

'Birja samarali ishlamasa, bozor munosabatlari ham bo`lmaydi – Prezident'ning rasmi

Prezident raisligida tovar-xom ashyo birjasida savdolarni ko`paytirish, mahalliy korxonalar ishtirokini kengaytirish bo`yicha yig`ilish boshlandi.

“Birja samarali ishlamasa, bozor munosabatlari ham bo`lmaydi. Birja savdolari erkin raqobatni shakllantiradi, tadbirkorlarga yangi bozorlarni ochadi, “yashirin iqtisodiyot” va korrupsiyani keskin kamaytiradi”, dedi davlat rahbari.

Islohotlar natijasida:

- so`nggi uch yilda birja savdo aylanmasi 2 baravarga o`sib, 90 trillion so`mga etdi, sotiladigan tovarlar soni 3 baravarga ko`paydi (200 tadan 627 taga etdi);

- xorijiy davlatlarda birjaning 20 ta savdo maydonchalari tashkil etilib, joriy yilning 4 oyida 170 million dollarlik mahsulot sotildi;

- o`tgan yili 1 ming 274 ta xorijiy kompaniya O`zbekiston birjasiga katta hajmlarda mahsulot qo`yishni boshladi.

“Mana natija. Lekin bu imkoniyatlarimizning o`ndan biri ham emas”, - dedi Prezident hamda Tashqi savdo, Tashqi ishlar vazirliklariga xorijdagi barcha elchixonalarni jalb qilib, bunday savdo maydonchalarini tashkil etish bo`yicha topshiriq berildi.

    Boshqa yangiliklar