AsosiyJamiyat

Mahalliy tadbirkorlarning mahsulotlari uchun birja to`lovlari 2 baravarga qisqartiriladi

'Mahalliy tadbirkorlarning mahsulotlari uchun birja to`lovlari 2 baravarga qisqartiriladi'ning rasmi

Yig`ilishda mahalliy mahsulotlarni birja savdolariga chiqarish tartibi soddalashtirilishi belgilandi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati yozmoqda. 

 Jumladan:

- 1 iyuldan birjada alohida istiqbolli tovarlar seksiyasi tashkil etilib, mahalliy tadbirkorlarning ishlab chiqargan mahsulotini ortiqcha hujjatlarsiz sotish yo`lga qo`yiladi;

- eng yaxshi sotilgan tovarlar keyinchalik birjaning asosiy savdo maydonlariga joylashtiriladi;

- tadbirkorlarning davlat ro`yxatidan o`tishi bilan bir vaqtda birjada ham hisobga olish tartibi joriy etiladi;

- mahalliy tadbirkorlarning mahsulotlari uchun birja to`lovlari 2 baravarga qisqartiriladi;

- soliq nazoratida tadbirkorlarning birja orqali sotilgan yoki xarid qilingan tovarlari bo`yicha qo`shimcha o`rganish o`tkazilmaydi.

    Boshqa yangiliklar