AsosiyJamiyat

Yil yakuniga qadar birjadagi tovar aylanmasini 2 baravarga oshirish uchun barcha zaxiralarni ishga solish zarur – Prezident

'Yil yakuniga qadar birjadagi tovar aylanmasini 2 baravarga oshirish uchun barcha zaxiralarni ishga solish zarur – Prezident'ning rasmi

Yil yakuniga qadar birjadagi tovar aylanmasini 2 baravarga oshirish uchun barcha zaxiralarni ishga solish zarurligi ko`rsatib o`tildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Misol uchun, suyuq mineral o`g`itlar, neft koksi, nafta, kaustik soda, suyuq uglerod oksidi va texnik kislorod, metall prokat list va po`lat sharlar, barda kabi mahsulotlarni birja orqali sotishni boshlashga ko`rsatma berildi.

Yig`ilishda ayrim turdagi yuqori likvidli tovarlar birjaga qo`yilmagani oqibatida ularning narxlarida o`sish kuzatilayotgani ta`kidlandi.

Misol uchun, o`tgan yilgi paxta hosilidan qariyb 1,5 million tonna texnik chigit olingan bo`lsada, shundan birjaga 939 ming tonnasi yoki 56 foizi chiqarilgan. Yoki, birjadan chigit olgan 119 ta yog`-moy korxonalaridan 20 tasi paxta yog`ini birja savdolariga umuman qo`ymagan.

Shu bois yuqori likvidli mahsulotlarni birja savdolariga qo`yilgani ustidan tizimli nazorat o`rnatish vazifasi qo`yildi.

Bunda birjaga qo`yish majburiy bo`lgan tovarlarni, ayniqsa texnik chigit va paxta yog`ini to`g`ridan-to`g`ri sotgan korxonalarga nisbatan javobgarlik kuchaytiriladi.

    Boshqa yangiliklar