AsosiyJamiyat

Prezident yil yakuniga qadar eksport-import mahsulotlarining birja savdolari hajmini 500 million dollarga olib chiqish vazifasi qo`ydi

'Prezident yil yakuniga qadar eksport-import mahsulotlarining birja savdolari hajmini 500 million dollarga olib chiqish  vazifasi qo`ydi'ning rasmi

Yil yakuniga qadar eksport-import mahsulotlarining birja savdolari hajmini 500 million dollarga olib chiqish  vazifasi qo`yildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

1 iyuldan boshlab eksport uchun 10 ming tonna mis, 50 ming tonna qora metallar, 15 ming tonna oltin-gugurt, 1 million kvadrat metr qurilish oynasi birjaga qo`yiladi.

Shuningdek, Investisiyalar va tashqi savdo vazirligiga xorijdagi elchilar va savdo maslahatchilari bilan birga mineral o`g`it, neft mahsulotlari, ko`mir, yog`och kabi mahsulotlar bo`yicha birja savdolarini boshlash uchun kamida 100 ta xorijiy yirik ishlab chiqaruvchi va ulgurji savdo korxonalarini jalb qilish topshirildi.

Shu bilan birga, joriy yil 1 iyuldan boshlab birja savdolari orqali eksport-import qilishda:

- xorijiy etkazib beruvchilarga elektron raqamli imzoni majburiy olish tartibi bekor qilinadi;

- xorijiy kompaniyalar uchun oldindan to`lov va birja xizmatlari to`lovi bekor qilinadi;

- tadbirkorlarga to`lovlarni kafolatlash bank akkreditivi singari birja kliring tizimi orqali ham ta`minlanadi.

    Boshqa yangiliklar