AsosiyJamiyat

“Bekobodyo`lindustriya” UK mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi

'“Bekobodyo`lindustriya” UK mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi'ning rasmi

Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida quyidagi noqonuniy holat aniqlandi.

Xususan, 2017 yil Avtomobil yo`llari qo`mitasi tarkibidagi “O`zyo`lbutlash” Respublika ta`minot boshqarmasi unitar korxonasi tomonidan pudratchi “Bekobodyo`lindustriya” unitar korxonasiga M-39 “Toshkent-Termiz” avtomobil yo`lining Qashqadaryo viloyati hududidan o`tuvchi 1265-1297 km. qismini rekonstruksiya qilish uchun 1103,2 tonna yo`lbop import bitum mahsuloti etkazib berilgan. 

Ajratilgan bitum mahsuloti qayd etilgan ob`ektga sarflanishi ko`rsatilgan bo`lsada, “Bekobodyo`lindustriya” unitar korxonasining mansabdor shaxslari qurilish ishlarini yakuniga etkazmasdan, 738,2 tonna bitumni boshqa korxonalarga 933 mln. so`mga sotib, undan tushgan pul mablag`larini maqsadsiz sarflab yuborishgan.

Mazkur holat yuzasidan Transport prokuraturasi tomonidan “Bekobodyo`lindustriya” UK mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 205-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste`mol qilish) 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. 

    Boshqa yangiliklar