Toshkent shahrida bo`lib o`tayotgan “Deklarasiyalar muloqoti” xalqaro forumining ikkinchi ish kuni ham faol muloqotlar ruhida o`tmoqda.
Mazkur forum doirasida o`z fikrlari bilan o`rtoqlashar ekan, Senat raisining birinchi o`rinbosari Sodiq Safoev O`zbekistonning xorijiy hamkorlari bilan muloqot uchun tizimli platforma yaratish muhim ekanligini ta`kidlaydi.
“Bugun o`z ishini boshlayatgan forum aynan shu maqsadga qaratilgan.
Chunki bugungi kunda bashariyat yuzlanayotgan keskin ziddiyatlarni echish, birinchi navbatda dunyodagi asosiy muammo – o`zaro ishonch defisiti, madaniyat va sivilizasiyalar o`rtasida o`zaro tushinish tanqisligini bartaraf etish bilan bog`liqdir.
Shak-shubha yo`qki, hozirgi zamondagi nizolar, xalqaro terrorizm, ekstremizm va zo`ravonlikning tubida, eng avvalo, jaholat va adovat, irrasional, oldingi davrlardan meros qolgan, dunyoqarash yotibdi.
Ularga qarshi kurash, birinchi navbatda, ma`naviyat, ma`rifat, talim, muloqot evaziga olib borilmog`i lozim.
Yana va yana takrorlashdan toymasligimiz lozim: terrorizm, tajovuzkor ekstremizmni muayyan bir din bilan bog`lash zinhor va zinhor mumkin emas. Tadqiqotlar shuni anglatadiki, diniy e`tiqod radikal oqimlarga qo`shilishning asosiy omili emas.
Dinlar, madaniyatlararo bag`rikenglik va uyg`unlikni qaror toptirish, o`rnashib qolgan stereotiplar va yanglish fikrlarga qarshi kurashish – umumiy vazifamizdir.
Aminmanki, ushbu forum aynan shu maqsadga xizmat qiladi”, – deydi Safoev.