Prezidentning "Tibbiyot muassasalari xodimlarini moddiy qo`llab-quvvatlash hamda rag`batlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari to`g`risida"gi farmoni imzolandi
Hujjatga ko`ra, 2022 yil 1 iyundan boshlab davlat tibbiyot muassasalari tibbiyot, farmasevtika va boshqa xodimlarining oylik lavozim maoshlari:
➖ oliy va birinchi malaka toifalariga ega bo`lgan tibbiyot va farmasevtika xodimlari uchun – 15 foizga;
➖ ikkinchi malaka toifasiga ega bo`lgan va toifaga ega bo`lmagan, shuningdek, boshqa tibbiyot va farmasevtika xodimlari uchun – 10 foizga;
➖ tibbiyot muassasalarining boshqa xodimlari uchun – 15 foizga oshiriladi.
Bunda, tibbiyot muassasasi xodimlarining tarif stavkalarini hisoblash amaldagi mehnatga haq to`lash razryadlari bo`yicha tarif koeffisientlarini tegishincha 1,15 va 1,1 barobarga ko`paytirish orqali amalga oshiriladi.
Shuningdek:
▪️ xodimlarni moddiy rag`batlantirishga ajratilgan mablag`lar hisobidan davlat tibbiyot muassasasining yuqori malakali, alohida natijaga erishgan, halol va vijdonan ishlayotgan tibbiyot hamda farmasevtika xodimlariga oylik lavozim maoshining 100 foizigacha hamda boshqa xodimlarga 75 foizigacha oylik ustamalar;
▪️ yangi ish boshlagan salohiyatli yosh shifokorlarga 1 million so`mgacha maxsus oylik ustamalar;
▪️ oilaviy shifokor punktlari, oilaviy poliklinikalar va ko`p tarmoqli markaziy poliklinikalarda kunduzgi stasionar ish vaqtini soat 20:00 gacha uzaytirish hisobiga ikkinchi smenada ishlovchi shifokor hamda hamshiralarga lavozim maoshining 30 foizigacha oylik qo`shimcha ustamalar to`lab beriladi.






