AsosiyJamiyat

​Barcha tibbiyot xodimlari dastlabki va davriy tibbiy ko`rikdan bepul o`tkaziladi

'​Barcha tibbiyot xodimlari dastlabki va davriy tibbiy ko`rikdan bepul o`tkaziladi'ning rasmi

Mamlakatimiz rahbarining Prezidentimizning “Tibbiyot muassasalari xodimlarini moddiy qo`llab-quvvatlash hamda rag`batlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Farmoniga ko`ra:

  • barcha tibbiyot xodimlari Davlat byudjeti mablag`lari hisobidan dastlabki va davriy tibbiy ko`rikdan bepul o`tkaziladi.

Sog`liqni saqlash vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda tibbiyot xodimlarini tibbiy ko`rikdan o`tkazish bilan bog`liq xarajatlar uchun zarur mablag`larni doimiy ravishda tibbiyot muassasalarining xarajatlar smetasida ko`zda tutilishini ta`minlaydi.

Belgilandiki:

2022 yil 1 iyuldan boshlab viloyatlar hamda Toshkent shahridan, shuningdek, xorijiy davlatlardan Qoraqalpog`iston Respublikasining Taxtako`pir, Chimboy, Qorao`zak, Bo`zatov, Shumanay, Qo`ng`irot tumanlariga borib ishlovchi shifokorlarning oylik lavozim maoshiga dastlabki uch yil davomida 100 foiz, Mo`ynoq tumanida esa 200 foiz miqdorida qo`shimcha har oylik ustama to`lovlari Davlat byudjeti mablag`lari hisobidan to`lanadi.

Bunda, mazkur bandda ko`rsatilgan ustamani olish uchun shifokor boshqa hududda kamida ikki yil ishlagan hamda kamida ikkinchi darajali malaka toifasiga ega bo`lgan bo`lishi lozim.

 Shuningdek, tibbiyot xodimlarini yilda bir marta teatr va konsert tomoshalariga bepul olib borish tizimi tashkil etiladi.

 

    Boshqa yangiliklar