AsosiyDunyo

Shimoliy Koreyada koronavirusga qarshi kurashda dori-darmon tanqisligi vujudga keldi

'Shimoliy Koreyada koronavirusga qarshi kurashda dori-darmon tanqisligi vujudga keldi'ning rasmi

Bir muddat avval Shimoliy Koreya rasman mamlakatda koronavirus bilan kasallanishning birinchi holatini qayd etganini ma`lum qilgan edik. Ayni damda mamlakatda COVID-19'  infeksiyasi tarqalishi ortidan dori-darmonlar tanqisligi vujudga kelgan.  Bu haqda manbalarga tayanib Zamon.uz' xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, dori-darmonlar dorixonalarga o`z vaqtida etib kelmayotgani ta`kidlangan. Bunda Vazirlar Mahkamasi va sog`liqni saqlash tizimi mutasaddilari ayblangan. 

Avvalroq Shimoliy Koreya hukumati dori-darmonlarni davlat zaxirasidan ajratish, shuningdek, dorixonalarni kechayu-kunduz ishlashga o`tkazishni buyurgan edi. Dori-darmonlar tanqisligi fonida davlat ommaviy axborot vositalari odamlarga xalq tabobati yordamida davolanishni taklif qildi. Shuningdek, Janubiy Koreya prezidenti shimoliy qo`shnisiga yordam berishga tayyorligini bildirgan.

“Agar Shimoliy Koreya javob bersa, biz ular uchun hech qanday dori-darmon, jumladan, COVID-19ga qarshi vaksinalarni ham ayamaymiz. Shuningdek, tibbiy asbob-uskunalar va tibbiyot xodimlarini yuborishga tayyormiz”,— degan Janubiy Koreya Prezidenti.

Hozircha bu bo`yicha Pxenyandan hech qanday javob kelmagan.

    Boshqa yangiliklar