AsosiyJamiyat

18 may – Xalqaro muzeylar kuni. O`zbekistondagi nechta muzey bor?

'18 may – Xalqaro muzeylar kuni. O`zbekistondagi nechta muzey bor?'ning rasmi

Bugun, 18 may — Xalqaro muzeylar kuni. Shu munosabat bilan bugun O`zbekistondagi barcha muzeylarga kirish bepul. 

Davlat statistika qo`mitasi respublikada mavjud muzeylar bo`yicha ma`lumot taqdim etdi. Ma`lum qilinishicha, 2022 yil 1 yanvar holatiga O`zbekistondagi muzeylar soni 127 tani tashkil etgan.  

 Hududlar kesimida faoliyat ko`rsatayotgan muzeylar soni  

-Qoraqalpog`iston Resp. – 4 ta  

-Andijon viloyati – 2 ta  

-Buxoro viloyati – 19 ta  

-Jizzax viloyati – 7 ta

-Qashqadaryo viloyati – 10 ta

-Navoiy viloyati – 6 ta  

-Namangan viloyati – 2 ta  

-Samarqand viloyati – 13 ta

-Surxondaryo viloyati – 8 ta  

-Sirdaryo viloyati – 1 ta  

-Toshkent viloyati – 5 ta  

-Farg`ona viloyati – 17 ta

-Xorazm viloyati – 3 ta  

-Toshkent sh. – 30 ta

Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, 2022 yil 1 yanvar holatiga O`zbekistondagi muzeylar soni 127 tani tashkil etib, ularga 2021 yil davomida 5100,0 ming kishi tashrif buyurgan.

Mamlakatimizdagi eng ko`p tashrif buyuruvchilarga ega bo`lgan top 5 ta muzeylar:  

🔸 Qoraqalpog`iston Respublikasi I.V. Saviskiy nomidagi davlat muzeyi – 48,3 ming kishi  

🔸Temuriylar tarixi davlat muzeyi – 86,5 ming kishi

🔸Xivadagi "Ichan-Qala" majmuasi – 211,9 ming kishi  

🔸 Buxoro davlat badiiy me`morchilik muzey qo`riqxonasi – 399,4 ming kishi  

🔸Samarqand davlat badiiy muzey qo`riqxonasi – 683,9 ming kishi  

 

    Boshqa yangiliklar