AsosiyJamiyat

Xorazmdagi tergov hibsxonasida maxbuslarga iste`molga yaroqsiz suv berilganligi haqidagi ma`lumot tasdiqlandimi?

'Xorazmdagi tergov hibsxonasida maxbuslarga iste`molga yaroqsiz suv berilganligi haqidagi ma`lumot tasdiqlandimi?'ning rasmi

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo`yicha vakilining (ombudsmanining) Xorazm viloyatidagi mintaqaviy vakiliga Urganch shahridagi 11-son tergov hibsxonasidagi mahbuslardan murojaat kelib tushgan edi. Murojaatda mahbuslarga berilayotgan ichimlik suvining iste`molga yaroqsizligi aytilgan. Bu bo`yicha Ombudsman matbuot xizmatining ma`lum qilishicha, 2022 yilning 12 may kuni mintaqaviy vakil darhol viloyat Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshqarmasi mas`ul xodimi bilan birgalikda murojaatni joyiga chiqib o`rgangan.  

Aniqlanishicha, 11-son tergov hibsxonasi kameralarida soat 22:00 dan ertalabki 6:00 ga qadar elektr energiyasidan foydalanish taqiqlangan. Mana shu paytlarda muassasada saqlanayotgan mahbuslarning suv ichishga ehtiyoji bo`lganda qaynatilmagan suv ichishga majbur bo`lgan.

O`rganish jarayonida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshqarmasi mas`ul xodimi tomonidan suvning sifati tekshirilib, mahbuslarga suvni faqat qaynatilgan holatda iste`mol qilinishi tavsiya etildi.

Monitoring jarayonida har bir kamerada suvni qaynatish jihozlari mavjud ekanligi aniqlandi va mahbuslarga soat 22.00 ga qadar kerakli miqdorda qaynatilgan suvni zaxiralashlari kerakligi tushuntirildi.

Monitoring doirasida tergov hibsxonasida saqlanayotgan shaxslarga yaratilgan sharoitlar bo`yicha mahbuslarning fikrlari ham o`rganilganligini ma`lum qilishdi.

    Boshqa yangiliklar