AsosiyJamiyat

Poytaxt dehqon bozorlarida sotilayotgan 6,8 tonna go`sht va go`sht mahsulotlari iste`molga yaroqsizligi aniqlandi

'Poytaxt dehqon bozorlarida sotilayotgan 6,8 tonna go`sht va go`sht mahsulotlari iste`molga yaroqsizligi aniqlandi'ning rasmi

AOKAda o`tkazilgan brifingda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo`mitasi boshqarma boshlig`i Alisher Safarov joriy yilning o`tgan davri mobaynida Toshkent shahri dehqon bozorlaridagi 30,6 ming tonna go`sht, 103 ming tonna o`simlik mahsulotlari, 163,8 mln. dona tuxum, 6,6 ming tonna sut va sut mahsulotlari veterinariya-sanitariya ekspertizasi laboratoriyasi tomonidan laboratoriya tahlillaridan o`tkazilganligini ma`lum qildi.  

Aniqlanishicha, 6,8 tonna go`sht va go`sht mahsulotlari, 43,5 tonna o`simlik, 89 ming dona tuxum, 4,7 tonna sut va sut mahsulotlari iste`molga yaroqsiz bo`lgan va ushbu mahsulotlar savdodan chetlashtirilgan va zararsizlantirib yo`qotilgan.

Davlat veterinariya xizmati ichki ishlar idoralari bilan hamkorlikda 58 holatda amaldagi qonun talablari va normalarining buzilish holatlarida jami 12 tonna go`sht va go`sht mahsulotlari iste`molga yaroqsizligi aniqlanib, o`rnatilgan tartibda zararsizlantirilgan.

Davlat veterinariya xizmati tomonidan joriy yilning o`tgan davrida aholi xonadonlarida parvarishlanayotgan 563 ming bosh sigir va tanalar sun`iy urug`lantirilib, 7,3 mlrd. so`mlik pullik veterinariya xizmatlari ko`rsatilgan.

    Boshqa yangiliklar