Al-Aqso masjidi kutubxonasida saqlanayotgan Imom al-Buxoriy va Iso at-Termiziyning nodir qo`lyozmalari elektron nusxasi O`zbekistonga olib kelinganligi aytilmoqda. Bu haqda AOKAda o`tkazilgan brifingda Agentlik axborot xizmati rahbari Anvarjon Aliev ma`lum qildi.
"O`zarxiv" agentligi 12 ta xorijiy davlatning manfaatdor tashkilotlari bilan 15 ta ikki tomonlama va ko`p tomonlama hamkorlik hujjatlarini imzoladi.
Ma`lum qilinishicha, bugungi kunda ikkinchi jahon urushi davrida O`zbekiston hududiga evakuasiya qilinganlar taqdiriga aloqador ma`lumotlarni o`z ichiga olgan arxiv hujjatlarini kataloglashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Milliy arxivlar va davlat arxivlari o`quv zallariga Rossiya, Isroil, Germaniya, Kanada, Polsha, Avstriya, AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya kabi xorijiy mamlakatlardan jami 25 ga yaqin tadqiqotchi tashrif buyurgan hamda o`zlarining tadqiqot ishlari bo`yicha tegishli arxiv materiallaridan foydalangan.






