AsosiyJamiyat

“Do`stlik” bojxona postidagi tirbandliklarning sababi nimada?

'“Do`stlik” bojxona postidagi tirbandliklarning sababi nimada?'ning rasmi

2022 yil 18 may kuni Xo`jaobod tumanida kuzatilgan kuchli yog`ingarchilik natijasida (kuchli yomg`ir do`lga aylangan) soat 15.00 dan boshlab, "Do`stlik" chegara-bojxona postidagi optik tolali aloqa tarmog`i faoliyatida uzilishlar kuzatildi.

Bu esa fuqarolarning kirish-chiqishlarini qayd etishga xizmat qiluvchi axborot tizimlari faoliyatining to`xtab qolishiga olib keldi va yo`lovchilarning tirbandligi yuzaga keldi.

Andijon viloyati bojxona boshqarmasi xabar berishicha, Hozirda texnik nosozliklar bartaraf etilib, ayni daqiqalarda chegara-bojxona postida yo`lovchilarning harakati qayta tiklandi.

Optik tolali aloqa tarmog`i faoliyatini to`laqonli tiklash uchun "Uztelecom" komapaniyasining hududiy mutaxassislari postga jalb etilgan.

Mazkur tirbandliklarning koronavirus infeksiyasi uchun ekspress-test olish tizimiga umuman dahli yo`q.  Ekspress-testlar koronavirus infeksiyasiga qarshi emlanganligini tasdiqlovchi sertifikati mavjud bo`lmagan yo`lovchilardan olinadi, xolos.

    Boshqa yangiliklar