AsosiyDunyo

Dunyoning eng mashhur muzeylari

'Dunyoning eng mashhur muzeylari'ning rasmi

18 may – xalqaro muzey kuni hisoblanadi. Quyida e`tiboringizga dunyoning eng mashhur muzeylari haqida ma`lumot berib o`tamiz. 

LUVR

Unga ko`ra, birinchi o`rindan Parijdagi Luvr muzeyi egalladi. 1792 yilda tashkil topgan. O`tgan yili mazkur muzeyga qariyb 2.9 million kishi tashrif buyurgan.

ERMITAJ

Keyingi o`rinni Sankt-Peterburgdagi Ermitaj egalladi. 1895 yilda bunyod etilgan. 2019 yilda muzeyga 4,9 mln kishi tashrifi kuzatilgan. 

METROPOLITEN

Nyu-Yorkdagi Metropoliten-muzeyi 1870 yilda tashkil topgan bo`lib, 2021 yilda muzeyga qariyb 2 million kishi tashrif buyurgan. Pandemiyadan oldin esa odatda muzeyga taxminan qariyb 7 mln kishini qabul qilgan. 

TEYT 

Londonda joylashgan ushbu muzey 1897 yilda tashkil topgan. Bu erda mashhur insonlar, davlat arboblari, musiqachilar, sportchilar ham o`rin olishgan. Pandemiyadan avval yiliga 6 million kishi tashrif buyurardi. 2021 yilda ham esa 500 mingdan ortiq kishini qabul qilgan. 

MILLIY MUZEY

Pekindagi mashhur muzey bo`lib, 1959 yilning 11 mart kuni tashkil topgan. 2013 yilda mazkur muzeyga 100 mln kishi tashrif buyurgan. Muzeyda 620 mingdan ortiq eksponant joylashgan.

BIZDAChI?

O`zbekiston tarixi davlat muzeyi bo`lib, 1992 yilning 21 aprel kuni Vazirlar mahkamasining qaroriga ko`ra tashkil topgan. Bu erda 250 mingga yaqin eksponat bor. 

Temuriylar tarixi davlat muzeyi esa 1996 yilda Sohibqiron Amir Temur tavalludining 660 yilligi munosabati bilan barpo etilgan. 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar