AsosiyJamiyat

"Biz monopoliyaga qarshimiz" O`zbekistonda keng jamoatchilik o`rtasida onlayn tanlov bo`lib o`tadi

'"Biz monopoliyaga qarshimiz"   O`zbekistonda keng jamoatchilik o`rtasida onlayn tanlov bo`lib o`tadi'ning rasmi

O`zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi va O`zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasi hamkorligida jurnalistlar, blogerlar, talabalar va keng jamoatchilik o`rtasida "Biz monopoliyaga qarshimiz" shiori ostida onlayn tanlov e`lon qilinadi.

Tanlov joriy yilning 20 mayidan 10 iyungacha onlayn tarzda bo`lib o`tadi. Ishtirokchilarga har kuni 5 tadan test savollari berib boriladi.

Tanlov 2 bosqichda o`tkazilib, har bir bosqich 9 kun davom etadi. So`nggi bosqichda yuqori natijalarni ko`rsatgan ishtirokchilar g`olib deb topiladi.  

G`oliblar quyidagicha taqdirlanadi:

1- o`rin – Noutbuk va I-darajali diplom;

2️- o`rin – Planshet va II-darajali diplom;

3️- o`rin – Smartfon va III-darajali diplom.

Eng ko`p referal to`plagan 5 nafar ishtirokchi 2-bosqichda to`plagan ballidan qat`iy nazar, diplom va qimmatbaho sovg`alarni qo`lga kiritadi.

Tanlov Nizomi bilan tanishing

NIZOM

(https://jurnalistlar.uz/uzb/press/biz-monopoliyaga-qarshimiz-tanlovi-nizomi)Tanlovda ishtirok etish: https://t.me/JIU_tanlovbot

    Boshqa yangiliklar