AsosiyJamiyat

O`zbekistonda gaz hamda "svet" tariflari uchun ijtimoiy norma joriy etiladi

'O`zbekistonda gaz hamda "svet" tariflari uchun ijtimoiy norma joriy etiladi'ning rasmi

Yaqin kunlarda energetika bozorini isloh qilishga oid qonun loyihasi muhokamaga qo`yilishi kutilmoqda.

Energetika vazirligi yana bir qator bayonotlar bilan respublika energetika bozorini bosqichma-bosqich isloh qilish bo`yicha ma`lumot e`lon qildi.

Qayd etilishicha, islohotlar doirasida aholining kam ta`minlangan qatlamlari manfaatlarini o`zida mujassam etgan ijtimoiy himoya choralari ishlab chiqiladi.

Davlat tomonidan energiya resurslari narxlarini “shartli subsidiyalash” amaliyoti saqlab qolinadi. Biroq, “shartli subsidiyalar”ni taqsimlashda ijtimoiy himoya samaradorligini oshirish maqsadida “ijtimoiy norma” tizimi butun respublika bo`yicha amalga kiritiladi.

"Energetika sohasidagi islohotlar tabiiy gaz va elektr energiya tariflarini ijtimoiy adolat tamoyillari asosida belgilash hamda aholi va tadbirkorlarimiz uchun energiya ta`minotining uzluksizligi va ko`lamini kengaytirish uchun zamin yaratadi.

Bu borada tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasi yaqin kunlarda jamoatchilik muhokamasiga qo`yiladi. Barcha fikr va takliflar o`rganib chiqiladi", - deyiladi vazirlik xabarida .

    Boshqa yangiliklar