AsosiyJamiyat

2022 yilda O`zbekistonda 2 606 km uzunlikda sement-beton qoplamali ichki yo`llar quriladi

'2022 yilda O`zbekistonda 2 606 km uzunlikda sement-beton qoplamali ichki yo`llar quriladi'ning rasmi

“Sement-beton qoplamali avtomobil yo`llari tarmog`ini kengaytirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qilmoqda.  

Qarorga ko`ra, 2022 yilda sement-beton qoplamali ichki yo`llarni qurish va ta`mirlash ishlari klaster usulida amalga oshiriladi.  

Shunga ko`ra, Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida 2022 yilda jami 2 606 km uzunlikda sement-beton qoplamali ichki yo`llar qurish nazarda tutilgan.  

Bunda:

-manzilli ro`yxatlar Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan sektorlar rahbarlarining joylarda jamoatchilik fikri va talabini inobatga olgan holda bildirgan takliflari asosida shakllantiriladi hamda Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan tasdiqlanadi;

-loyiha tashkilotlarini jalb etish, mas`ul tashkilotlar bilan texnik shartlarni kelishish, loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va ularni davlat ekspertizasidan o`tkazishni tashkil etish ishlari buyurtmachi tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi;

-ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlari hamda shakllantirilgan narxlar “Shaffof qurilish” elektron platformasi orqali davlat ekspertizasidan o`tkaziladi;

-klaster usulida sement-beton qoplamali ichki yo`llarni qurish ishlarini amalga oshiruvchi bosh pudratchi tashkilot eng yaxshi takliflarni tanlab olish orqali aniqlanadi.

 

    Boshqa yangiliklar