AsosiyJamiyat

Sharof Rashidov va Muborak tumanlarida kredit mablag`larini talon-toroj qilindi

'Sharof Rashidov va Muborak tumanlarida kredit mablag`larini talon-toroj qilindi'ning rasmi

Sharof Rashidov va Muborak tumanlarida kredit mablag`larini talon-toroj qilish holatlari aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar bermoqda. 

Departament organlari tomonidan banklarning komplaens-nazorati tuzilmalari bilan hamkorlik doirasida pul mablag`larining talon-toroj qilinishi bo`yicha aniqlangan qonunbuzilish holatlari yuzasidan o`z vaqtida qonuniy choralar ko`rilmoqda.

Xususan, Sharof Rashidov tumanida ATB “Qishloqqurilishbank” Jizzax hududiy boshqarmasining murojaatiga asosan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “E.D.” MChJga bank filialidan g`isht mahsulotlari ishlab chiqarish uskunalarini sotib olish uchun ajratilgan 1,3 mlrd so`m kredit mablag`ini o`zi rahbarlik qilib kelayotgan boshqa korxonalariga o`tkazib olish yo`li bilan kredit mablag`ini talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Yoki, Muborak tumanidagi “V.L.” MChJ norasmiy rahbari U.Ya. ATB “Mikrokreditbank” Muborak filialidan garov ta`minoti sifatida ko`rsatilgan texnikalarni 660 mln so`mga qimmat baholatish orqali ishlab chiqarish dastgohlari va metall mahsulotlari sotib olish uchun ajratilgan 400 mln so`m kredit mablag`ini naqdlashtirib olib, talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

 

 

    Boshqa yangiliklar