AsosiyJamiyat

Surxondaryoda 2 millionga imtihonsiz "prava" olib bermoqchi bo`lgan fuqaro qo`lga olindi

'Surxondaryoda 2 millionga imtihonsiz "prava" olib bermoqchi bo`lgan fuqaro qo`lga olindi'ning rasmi

 Jarqo`rg`on tumani "Eskiqishloq" mahallasida yashovchi fuqaro I.Rustamova (ism-shariflari o`zgartirilgan) joriy yilning 21 aprel kuni viloyat IIB boshlig`i nomiga ariza bilan murojaat qiladi.

Viloyat IIB Axborot xizmatining ma`lum qilishicha, murojaatda, 2022 yilning aprel oyi Qumqo`rg`on tumanida joylashgan "Vatanparvar" avtomaktabida to`lov asosida o`qiganligi, ammo hozirgi kunga qadar haydovchilik guvohnomasini olmaganligi aytilgan. Shu sabab undan tanishi "prava"ni osongina olib berishi uchun  2.000.000 so`m so`ragan.  I.Rustamova unga nisbatan qonuniy chora ko`rishini so`ragan.

Arizaga asosan, viloyat IIB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo`limi xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbir davomida, fuqaro X.Muxiddin Jarqo`rg`on tumanida joylashgan “Shivaki” savdo do`koni oldida ariza muallifi I.Rustamovadan kimyoviy ishlov berilgan pullarni sanab olgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ushlanib, holat prosessual tartibda rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan 2022 yilning 17 may kuni Jarqo`rg`on tumani IIB huzuridagi Tergov bo`linmasi tomonidan X.Muxiddinga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

 

 

 

    Boshqa yangiliklar