Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati, Dehqonobod tumanida odamlarning uyini sel bosgani haqida xabar tarqaldi. Viloyat FVBning holat yuzasidan bildirgan munosabatiga ko`ra, hodisa kecha, 19 may kuni soat taxminan 14:30-15:00 lar atrofida Dehqonobod tumani markazidan 45-50 km uzoqlikdagi tog`li hududlarda qisqa muddatli yog`ingarchilik bois yuz bergan.
Yog`ingarchilik oqibatida hosil bo`lgan yomg`ir suvlari, "Oqrabod" MFY Naymansoy qishlog`i adirliklari yonbag`rida joylashgan ayrim xonadonlarning tomorqalari va xovlilaridan oqib o`tib "Katta pay" o`rmon xo`jaligi dalalariga borib quyilgan.
"Ushbu holat bo`yicha tuman FVB va mahalla faollari birgalikda aholi yashash xonadonlariga borishib, yomg`ir suvlari uylarning xonalariga toshishi (kirishi) holatlari kuzatilmaganligi hamda hech kimga ziyon etmaganligi aniqlandi",-deyiladi xabarda.






