Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi Namangan viloyati filiali Rossiya Federasiyasining Amur o`lkasida joylashgan Kosmodrom qurilishida shartnoma asosida ishlash istagida bo`lgan fuqarolarni ishga taklif etmoqda.
Qayd etilishicha, tanlov bugun, soat 10:00 da boshlanadi.
Talablar esa quyidagicha:
- Kamida 1 yillik ish tajriba ega;
- Rossiya Federasiyasiga kirish taqiqi bo`lmagan;
- muqaddam sudlanmagan;
- jismonan sog`lom;
- xorijga chiqish pasportiga ega bo`lishi lozim.
Talab etiladigan mutaxassisliklar:
- elektrik-montajnik;
- kafel teruvchi;
- gipsakarton ustasi;
- g`isht teruvchi;
- suvoqchi-buyoqchi (malyar-shtukatur).
Yuqorida ko`rsatilgan mutaxassisliklar bo`yicha ishlash istagida bo`lgan fuqarolardan biometrik va xorijga chiqish pasportlari bilan kelishlari so`ralmoqda.
Ta`kidlanishicha, maosh: 33 000 - 50 000 rubl (soatbay to`lanadi)
Ish beruvchi tomonidan (bir yil ishlab berish sharti bilan) yaratib beriladigan shart-sharoitlar:
1. Avia chipta;
2. patent xarajatlari;
3. yotoqxona va 3 mahal issiq ovqat;
4. maxsus ishchi kiyim.
Murojaat uchun: +998692279464, +998692279727
Manzil: Namangan sh., Nodira 3-uy
Mo`ljal: Sardoba bozori atrofi, Zangori ekran korxonasi yonida.






