AsosiyJamiyat

Sirdaryoda qovun eksporti boshlandi

'Sirdaryoda qovun eksporti boshlandi'ning rasmi

Sirdaryodan xushxabar: joriy yilning 17 may kunidan boshlab dastlabki pishib etilgan 53,7 tonna, qiymati 9,72 ming AQSh dollariga teng qovun mahsuloti chet davlatlarga eksport qilindi. Bu haqda Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi ma`lum qildi.

Ma`lumot o`rnida, o`tgan 2021 yil davomida Sirdaryo viloyati hududidan jami og`irligi 13,5 ming tonna, qiymati 4 mln. AQSh dollaridan ziyod qovun mahsulotlari Evropa mamlakatlari, Rossiya Federasiyasi va qo`shni davlatlarga eksport qilingan.

Sirdaryolik dehqonlarning bu yilgi rejalari yuqori bo`lib, bunda mahsulotlarni eksportga chiqarishda bojxona xodimlari tomonidan bojxona rasmiylashtiruvini soddalashtirilgan tartibda qisqa muddatlarda amalga oshirmoqda.

    Boshqa yangiliklar