Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi tizimidagi 73 ta muassasada o`tkazilgan profilaktik tadbirda qariyb 11,5 mlrd. so`mlik moliviy xato va kamchilik aniqlangan. Bu haqda AOKAda o`tkazilgan brifingda vazirlik Ichki audit xizmati boshlig`i Salohiddin Toshmatov ma`lum qildi.
Shundan 10,1 mlrd. so`mlik maqsadsiz va ortiqcha xarajatlarning oldi olingan, 1,6 mlrd. so`mlik qismi profilaktik tadbirlar jarayonida undirilib, tiklangan.
Moliyaviy kamchiliklarga yo`l qo`yilgan tashkilotlardagi rahbar va mas`ul xodimlarning 4 nafari lavozimidan ozod etilgan.






