AsosiyJamiyat

Qoraqalpog`iston DSB boshlig`i birinchi o`rinbosarining jinoyati bo`yicha rasmiy ma`lumot berildi

'Qoraqalpog`iston DSB boshlig`i birinchi o`rinbosarining jinoyati bo`yicha rasmiy ma`lumot berildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda  “Qoraqalpog`iston DSB boshlig`ining birinchi o`rinbosari hududiy DSI boshliqlaridan pul olganligi, davlat va jamiyat manfaatlariga 31,5 mlrd so`m zarar etkazilishiga sababchi bo`lganligi, prokuratura taqdimnomasiga ko`ra unga nisbatan intizomiy chora ko`rilishi belgilanganligi” haqidagi xabar tarqaldi. Holat yuzasidan Qoraqalpog`iston Respublikasi prokuraturasi ma`lumot taqdim etdi

Keltirilishicha, sudlanuvchi Yu.S.ga nisbatan qo`zg`atilgan jinoyat ishi jinoyat ishlari bo`yicha Nukus shahar sudi tomonidan mazmunan ko`rib chiqilib, sudning 18.04.2022 yilgi xukmiga ko`ra Yu.S. O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 206-moddasi 1-qismi bilan aybli deb topilgan. 

Unga JKning 45-moddasi qo`llanilib, 1 yil 6 oy muddatga Soliq organlarida ishlash huquqidan mahrum qilinib, har oylik ish haqisining 20 % davlat daromadiga ushlash yo`li bilan 1 yil 6 oy axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan.

    Boshqa yangiliklar