AsosiyJamiyat

Toshkentdagi “Samarqand darvoza” atrofida avtomobillar harakati cheklanmoqda

'Toshkentdagi “Samarqand darvoza” atrofida avtomobillar harakati cheklanmoqda'ning rasmi

 

Toshkentning Samarqand darvoza va Qoratosh ko`chalari kesishmasidagi chorrahada yo`l ta`mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan ayrim ko`chalarda avtomobillar harakati cheklanadi. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi. 

Ma`lum qilinishicha, 21 maydan boshlab mazkur chorraha va unga olib keluvchi Samarqand darvoza, Ko`kcha davoza, Qoratosh ko`chalarida bosqichma-bosqich ta`mirlash ishlari olib boriladi. 

“Ish jarayonida yo`l yopilmaydi, balki ko`chalarda avtotransport harakati qisman cheklanadi”, — deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar