21 may kuni respublikamizning shimoliy va cho`l hududlarda, 22 may kuni respublika bo`yicha ba`zi joylarda tezligi 23-28 m/s gacha kuchli shamol esib, chang-to`zonlar kuzatilishi mumkin. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi tomonidan berilgan ma`lumot berdi.
Shu o`rinda Favqulodda vaziyatlar vazirligi aholidan ehtiyotkorlik choralarini ko`rishni so`raydi. Shuningdek, kuchli shamol vaqtida avtomobillarni daraxtlar ostida qoldirmaslikni tavsiya etadi.






