AsosiyJamiyat

Angliyada ishlash istagida bo`lgan fuqarolar diqqatiga muhim ma`lumot e`lon qilindi

'Angliyada ishlash istagida bo`lgan fuqarolar diqqatiga muhim ma`lumot e`lon qilindi'ning rasmi

Angliyada mavsumiy qishloq xo`jaligi ishlarida ishlash istagida bo`lgan O`zbekiston fuqarolari uchun 2022 yil 24 may kuni tanlov o`tkaziladi.

 Ish haqi soatiga 10,1 funtdan

Fuqarolarning turar joyi va ovqatlanish xarajatlari ishchi hisobidan.

 Nomzodlar uchun talablar:

  •  18 - 50 yosh oralig`ida bo`lishi;
  •  maktab, lisey yoki kasb-hunar kollejini tamomlagan bo`lishi;
  •  rus yoki ingliz tilida erkin muloqot qila olishi;
  •  sudlanmagan bo`lishi.

Tanlov Toshkent shahri Olmazor kasb-hunarga o`qitish markazi binosida 24 may kuni soat 09.00 da boshlanadi

Manzil: Toshkent shahri Olmazor tumani Umid ko`chasi 16-uy

Nomzodlardan xorijga chiqish pasporti bilan transport xavfsizlik qoidalariga rioya qilgan holda kelishi so`raladi.

Eslatma: ishchi vizasini rasmiylashtirish uchun konsullik yig`imi (440 AQSh dollar atrofida), tibbiy sug`urta, avia chipta uchun xarajatlar nomzodlar tomonidan amalga oshirilishi ko`zda tutilgan.

Ma`lumot uchun:  (71) 202 33 55

    Boshqa yangiliklar