1

DXX: Gulistonda noqonuniy mayning fermalar aniqlandi

Jinoyat 21.05.2022, 13:01
DXX: Gulistonda noqonuniy mayning fermalar aniqlandi

Davlat xavfsizlik xizmatining Sirdaryo viloyati bo`yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyat bojxona hamda ichki ishlar boshqarmalari xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida noqonuniy mayning fermalar faoliyatiga chek qo`yildi.

Xususan, Guliston shahrida yashovchi, 1981 y.t., muqaddam sudlangan shaxs viloyat markazidagi noturar binolardan birini ijaraga olib, yashirin ravishda elektr tarmog`iga ulangan holda mayning qurilmalaridan foydalanishi natijasida davlatga qariyb 532 mln. so`m miqdorida zarar etkazgan. Tekshiruv davomida 19 dona mayning qurilmasi hamda boshqa buyumlar ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirilib olindi.

Shunga o`xshash yana bir holatda esa Toshkent shahrida yashovchi, 1990 y.t. fuqaro Guliston shahrida joylashgan va o`zining otasiga tegishli bo`lgan MChJ binosida mayning qurilmalarini o`rnatgan holda joriy yilning fevral oyidan buyon 40 ming AQSh dollariga teng kriptovalyuta ishlab chiqarganligi ma`lum bo`ldi. Tekshiruv davomida u mayning sohasida faoliyat amalga oshirganda foydalaniladigan elektr energiyasi uchun to`lovlarni tegishli tarif guruhiga asosan belgilangan tarifga nisbatan 3 barobar o`suvchi koeffisientga muvofiq to`lamasdan, davlatga 134 mln. so`mdan ortiq zarar etkazganligi aniqlandi hamda 148 dona mayning qurilmasi prosessual tartibda rasmiylashtirilib olindi.

Endilikda har ikki qonunbuzar harakatiga nisbatan huquqiy baho beriladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1