19 may kuni soat 16:30 larda Paxtakor tumani hududidan o`tgan Jizzax—Paxtakor—Do`stlik—Gagarin—4R-35 avtomobil yo`lida sodir bo`lgan yo`l-transport hodisasi oqibatida bir nafar yo`lovchi halok bo`ldi. Bu haqda Jizzax viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, 41 yoshli haydovchi boshqaruvida bo`lgan Nexia-3 Jizzax—Gagarin yo`nalishi bo`ylab harakatlanayotganida shu yo`nalishda o`zidan oldinda harakatlanib ketayotgan «ZIL-130» yuk avtomashinasiga urilishi natijasida YTH sodir etgan.
Avariya oqibatida Nexia-3 salonida bo`lgan yo`lovchi turli tan jarohatlari olgan, ko`rsatilgan muolajalarga qaramay shifoxonada vafot etgan.
Ta`kidlanishicha, yo`l-transport hodisasi yuk avtomobili chapga manyovrni amalga oshirayotgan vaqtda orqa tomondan harakatlanib kelayotgan Nexia-3 uning orta kuzov qismiga kelib urilgan.
«Nexia avtomobilining tormoz izi salkam 45 metrni tashkil etmoqda, bu esa transport vositasining tezligi o`ta yuqori bo`lganidan dalolat beradi», — deydi viloyat IIB JXX YHXB katta inspektori Erkin Ochilov.






