Ijtimoiy tarmoqlarda yozga bir necha kun qolganda O`zbekistonning ayrim hududlarida qor yog`ayotgani aytilmoqda.
Xususan, ijtimoy tarmoq foydalanuvchilari Zominda yog`ayotgan qorni videoga olib joylashtirishgan.
Shuningdek, Qashqadaryoning Dehqonobod tumani tog`larida qor yog`gan.
"O`zgidromet" markazga ko`ra, bugun kunduz kuni respublika bo`yicha havo o`zgarib turadi. Farg`ona vodiysi viloyatlarida kun davomida, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida kunning birinchi yarimida, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida ertalab yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin, Qoraqalpog`istonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog`ingarchilik kutilmaydi. Tog` oldi va tog`li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari kuzatilishi mumkin. Ba`zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha, ba`zida esa 23-28 m/s gacha kuchayishi mumkin, ayrim joylarda chang-to`zon kuzatilishi mumkin. Harorat 18-23° bo`ladi.






