Toshkent viloyati, Angren shahriga yangi hokim tayinlandi.
Mazkur lavozimni Rayimov Alisher Abdumalikovich egalladi.
Ma`lumotlarga ko`ra, tayinlovga qadar Alisher Abdumalikovich “Hududgazta`minot” aksiyadorlik jamiyatida faoliyat yuritgan.
Eslatib o`tamiz, bir muddat avval Angren shahar hokimi Nuriddin Abdurahimov vafot etgandi.






