1

Uchtepada sug`urta polislari pulini o`zlashtirgan sobiq direktor va uning sherigi aniqlandi

Jinoyat 24.05.2022, 17:41
Uchtepada sug`urta polislari pulini o`zlashtirgan sobiq direktor va uning sherigi aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uchtepa tuman bo`limi tomonidan tadbirkorlik sub`ektlarini himoya qilish yuzasidan  tergovga qadar tekshiruv o`tkazildi. 

Kgda, “H.S.” AJ Toshkent viloyati filialining sobiq direktori M.O. va sug`urta agenti S.I.lar tomonidan qat`iy hisobda turuvchi umumiy qiymati 725,3 mln so`mlik 7 775 dona sug`urta polislarini mijozlarga sotib, savdodan tushgan naqd pul mablag`larni talon-toroj qilganliklari, shuningdek, mazkur sug`urta polislaridan 14 tasi yo`l harakati hodisasi sodir etilganidan keyin rasmiylashtirilib, fuqarolarga jami 315,4 mln so`m sug`urta qoplamasi noqonuniy to`lab berilganligi natijasida AJ manfaatlariga jami 1 040,7 mln so`m zarar etkazilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1