AsosiyJamiyat

Samarqanda 3 egizak o`g`il tug`ildi

'Samarqanda 3 egizak o`g`il tug`ildi'ning rasmi

Joriy yilning 19 may kuni Samarqand viloyat perinatal markazida 3 egizak dunyoga keldi.  Bu haqda darakchi.uz ga viloyat Adliya boshqarmasi ma`lum qildi.

Ishtixon tumanining “Shehlar” mahallasida yashovchi 30 yoshli Hadicha Voditova  birvarakayiga 3 egizak farzandlarni dunyoga keltirdi. Egizaklarning tug`ilishi 25 may kuni Ishtixon tuman FHDYo bo`limi tomonidan qayd qilinib, tug`ilganlik guvohnomalari topshirildi.  

Ma`lum bo`lishicha, oilaning 2020 yilda tug`ilgan bir nafar o`g`il farzandi ham bor.  

Ta`kidlanishicha, tug`ruq amaliyoti kesarcha usulida, asoratsiz o`tkazilgan. Egizaklarning kattasi 2 kilogramm, ikkinchisi 1,8 kilogramm va uchinchisi 1,9 kilogramm vazn bilan tug`ilgan bo`lib, ularga Shavkat, Miromon va Mirziyo ismlari qo`yilgan.  

Oila vakillari ayni paytda go`daklarning ahvoli yaxshiligini, ona va bolalar hali ham viloyat perinatal markazida shifokorlar nazorati ostida ekanligini ma`lum qilishdi.

Eslatib o`tamiz, 2021 yilning yakunida  ushbu tumanning "Qulchora" qishlog`ida yashovchi Jamshed O`sarov oilasida ham uch egizak o`g`il dunyoga kelgan edi.

    Boshqa yangiliklar