Fransiyaning "PSJ" klubi yozgi transfer vaqtida hujumchi Neymar bilan xayrlashishi mumkin. Bu haqda L’Equipe xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, parijliklar Neymar bo`yicha taklif tushadigan bo`lsa, uni ko`rib chiqadi hamda sotishga tayyor.
O`z navbatida Neymar "PSJ"da qolmoqchi. Biroq rahbariyat Neymarni sotish orqali tarkibni sezirarli darajada kuchaytirmoqchi.
Eslatib o`tamiz, braziliyalik futbolchi 2017 yildan buyon "PSJ" sharafini himoya qilib kelmoqda.