1

AQShda koronavirusdan tuzalganlar qanday kasallikka duch kelmoqda?

Dunyo 26.05.2022, 22:56
AQShda koronavirusdan tuzalganlar qanday kasallikka duch kelmoqda?

AQShda koronavirusdan tuzalgan 18 yoshdan oshganlarning deyarli 20 foizi surunkali kasallikka chalinmoqda. Bu haqda TASS xabar bermoqda. 

Qayd etilishicha, 65 yoshdan oshganlarda bu ko`rsatkich 25 foizdan yuqori hisoblanadi. Koviddan tuzalganidan keyin bir oydan bir yilgacha bo`lgan davrda bemorlarning taxminan 20 foizi quyidagi alomatlardan kamida bittasini qayd etdi: buyraklar, yurak-qon tomir muammolari, nafas olish qiyinlishuvi, mushak va suyak og`rig`i. Ba`zi odamlarda tromb paydo bo`lish xavfi ortgan. 

Bundan tashqari, koviddan tuzalganlar o`pka emboliyasi va nafas olish yo`llari kasalliklarini rivojlanish ehtimoli ikki baravar ko`paygan. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1