AsosiyJamiyat

"Maktabdek bog`chani ham davlat kafolatida majburiy qilish". Alisher Qodirov Konstitusiyasiga kiritilayotgan o`zgarishlar haqida gapirdi

'"Maktabdek bog`chani ham davlat kafolatida majburiy qilish". Alisher Qodirov Konstitusiyasiga kiritilayotgan o`zgarishlar haqida gapirdi'ning rasmi

Joriy yilning 16 may kuni Qonunchilik palatasida O`zbekiston Liberal-demokratik partiyasi fraksiyasi yig`ilishida O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasini takomillashtirish bo`yicha ilgari surilayotgan tashabbus Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi yana bir etakchi fraksiyasi - “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining ham maqsad, vazifalari hamda saylovoldi dasturlari bilan hamohangligidan kelib chiqib, ushbu masalani mazkur fraksiyalarning qo`shma yig`ilishida muhokamaga qo`yilishi tashabbusi ilgari surilgan edi.

Ko`p o`tmay O`zbekiston Konstitusiyasiga o`zgartirish kiritish va tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan Konstitusiyaviy komissiya tuzildi. Komissiyaga Qonunchilik palatasi spikeri o`rinbosari Akmal Saidov rais bo`ldi. 

Konstitusiyaviy komissiya raisi o`rinbosari, "Milliy tiklanish" DP Markaziy kengashi raisi Alisher Qodirov o`zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida Konstitusiyaga kiritilayotgan ba`zi o`zgarishlar haqida ma`lum qildi.

Hozir 10 ga yaqin moddalarga tahrirlarimiz tayyor, takliflarni yig`ish-ishlashda davom etayapmiz.  

Bittasini aytaman, oila-erkak va ayolni ishtirokida, ixtiyoriy tuziladigan birlikdir (hozir “tomonlar” deyilgan. Tomonlar erkaklardan iborat ham bo`lishi mumkin).  

Yana bittasi maktabdek bog`chani ham  davlat kafolatida majburiy qilish.  

    Boshqa yangiliklar