AsosiyJamiyat

O`zbekistonda koronavirusga qarshi qo`llanilgan jami vaksinalar soni 54,6 million dozadan oshdi

'O`zbekistonda koronavirusga qarshi qo`llanilgan jami vaksinalar soni 54,6 million dozadan oshdi'ning rasmi

O`zbekistonda koronavirus infeksiyasiga qarshi qo`llanilgan jami vaksinalar soni 54,6 million dozadan oshdi. Bu haqda 'Sanepidxizmat" Matbuot xizmati xabar qildi.

27 may mamlakatimiz hududlari bo`ylab 160 134 doza COVID-19ga qarshi vaksina qo`llanildi. Ulardan:

1-bosqich emlanganlar 8 900 nafarni,

 2-bosqich emlanganlar 20 551 nafarni,

 3-bosqich va buster doza bilan emlanganlar 130 683 nafarni tashkil qildi.

Ayni kungacha mamlakatimizda jami 54 642 806 doza vaksinadan foydalanildi. Ulardan:

1-bosqich emlanganlar 20 371 156 nafarni,

 2-bosqichda emlanganlar 16 605 431 nafarni,

 3-bosqich va buster doza bilan emlanganlar 17 666 219 nafarni tashkil qildi.

Kecha emlash ko`rsatkichlari bo`yicha yuqori o`rinlarni:

🔹Toshkent shahri (21 944 doza),

🔹Samarqand viloyati (16 899 doza),

🔹Farg`ona viloyati (16 390 doza) band qildi.

Birinchi doza bilan emlanish ko`rsatkichi emlanishi rejalashtirilgan qatlamga nisbatan 94,9 foizni tashkil qilmoqda.

Emlash jarayonlari davom etmoqda.

    Boshqa yangiliklar