AsosiyJamiyat

Samarqandda osmondagi qora bulutlar tarqatilib, do`l yog`ishining oldi olindi

'Samarqandda osmondagi qora bulutlar tarqatilib, do`l yog`ishining oldi olindi'ning rasmi

Kecha, 27 may kuni FVV tizimidagi Gidrometeorologik jarayonlarga ta`sir ko`rsatishni boshqaruv xizmati Samarqandda atmosferaga ta`sir etdi. Osmondagi qora bulutlar tarqatildi va bu orqali do`l yog`ishining oldi olindi.

"O`zgidromet" mutaxassisi Erkin Abdulhaev izohiga ko`ra, Samarqand, Namangan va Surxondaryo viloyati aholisi bu kabi ta`sir jarayonlarini tez-tez guvohi bo`lishadi. Aholi tomonidan bu jarayon ''bulut tarqatish'', ''yomg`irni haydash'' jarayoni deyiladi. Ammo bu unday emas.

Bu ta`sir atmosferada suv bug`larining birlashib, muzlab do`lga aylanmasligi uchun atmosferaga yodli kumush zarrachalar sochish orqali amalga oshadi. Do`l hosil bo`ladigan yacheyka bulutlar razmerini kattalashtirish orqali xavf kamaytiriladi.

Mayda zarrachalar tomchi markaziy yadrosiga aylanib, tomchilarni birlashishi oldi olinadi. Yomg`ir degani bu. Natijada, do`l yog`ishi oldi olinadi.

Bu kichik Alazan raketalari yordamida amalga oshadi.

 

    Boshqa yangiliklar