AsosiyJamiyat

DTM diagnostik test xizmatini to`xtatadi

'DTM diagnostik test xizmatini to`xtatadi'ning rasmi

Davlat test markazi tomonidan joriy yil boshida oliy ta`lim muassasalarining bakalavriat ta`lim yo`nalishlariga kirish test sinovlari formatidagi diagnostik test xizmati yo`lga qo`yilgan edi.

Mazkur xizmat orqali talabgorlarning bilimi sinovdan o`tkaziladi va ularga test materiallari bilan ishlash ko`nikmasi shakllantiriladi.

Davlat test markazining ma`lum qilishicha,  test sinovlariga qisqa vaqt qolgani sababli my.dtm.uz sayti orqali diagnostik test materiallariga buyurtmalarni qabul qilish 30 may kuni soat 10:00 da ushbu xizmat fakoliyati yakunlanadi. 

Ammo e-DTM tizimi ishlashda davom etadi va talabgorlar @e_dtm_bot telegram boti orqali test materiallariga onlayn buyurtma berishlari mumkin.

    Boshqa yangiliklar